1

Sankt-Peterburgda uch o`smir o`zbekistonlik muhojirni pichoqlangani haqida TIV bayonot berdi

Jamiyat 20.11.2019, 14:41
Sankt-Peterburgda uch o`smir o`zbekistonlik muhojirni pichoqlangani haqida TIV bayonot berdi

11 noyabr kuni kechki payt Sankt-Peterburgda uch o`smir o`zbekistonlik muhojirni pichoqlangani haqida xabar bergan edik.

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Hamyurtimiz Sankt-Peterburg shahridagi Aleksandr shifoxonasiga joylashtirildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlardan olingan rasmiy ma`lumotga binoan mazkur holat bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan, tergovchilarning va polisiya xodimlarining tizimli faoliyati natijasida ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotganlar tezkorlik bilan aniqlandi va qo`lga olindi. Tergov tadbirlari davom etmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni o`z nazoratiga oldi.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Shimoli-g`arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida bo`lib turgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tadi: +7-965-029-41-49.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1