1

Toshkent arxitektura qurilish instituti talabalari katta miqdordagi tovlamachilikka qo`l urdi

Jamiyat 20.11.2019, 14:48
Toshkent arxitektura qurilish instituti talabalari katta miqdordagi tovlamachilikka qo`l urdi

Toshkent arxitektura qurilish instituti talabasining biri Andijon viloyatidan, biri esa Farg`ona viloyatidan bo`lgani va ularga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi b,v bandlari, 228-moddasi 2-qismi b bandi, 228-moddasi 3-qismi bilan ayblov e`lon qilingan.

L.S. otasi A.Tojibaev tomonidan avtomashinani tekin foydalanish shartnomasi asosida fuqaro X.Turdievdan olgan davlat belgisi 60 D 786 JA bo`lgan Orlando rusumli avtomashinani boshqarish huquqiga ega bo`lmay turib, tanishi J.Mirzaev va boshqalar bilan jinoiy til biriktirib, noma`lum shaxs yordamida Qashqadaryo viloyati, Koson tumani 1-son davlat notarial idorasi tomonidan mazkur avtomashinadan o`zi, otasi A.Tojibaev va J.Mirzaevlar foydalanishga va haydovchilik guvohnomasiga ega bo`lgan holda boshqarishga vakolat beruvchi AI № 296876 QS raqamli ishonchnomani qalbakilashtirishga erishgan. L.S. o`zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, jinoiy sherigi A.V. bilan fuqaro M.Maxmudovga nisbatan tovlamachilik jinoyatini sodir etib, uning mulkini qo`lga kiritish maqsadida til biriktirib, jinoiy reja tuzadilar. Mazkur reja asosida, L.S. 94-...-70-44 telefon raqamidan M.Maxmudovning telefon raqamiga qo`ng`iroq qilib, unga o`zini IIV Korruptsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi Meliev Baxtiyor deb tanishtirib, uning noqonuniy valyuta ayriboshlashdan iborat faoliyati yuzasidan ariza kelib tushganligini, agarda tez fursatlarda 10.000 AQSh dollari pullarini olib kelib bermasa, arizani rahbariyatga olib kirib berishini, qamalib ketishi mumkinligini aytib, uni qo`rqitib, o`z mulkini berishga majbur bo`ladigan sharoitga solib, bu yo`lda 10.000 AQSh dollari pullarni Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Izza mavzesida joylashgan avtobuslar shoh bekati oldiga olib kelib berishligini talab qilib, o`zi ishdan chiqa olmasligini, uchrashuv joyiga pullarni olib qolish uchun odamini yuborishligini aytadi. Tovlamachilik qilgan ikki talabaning jinoyat ustida qo`lga olingani aytilmoqda. Voqealarning rivoji esa hozircha bizga noma`lum!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1