1

Qashqadaryoda paxta hosili isrof bo`lmoqda (Foto)

Jamiyat 20.11.2019, 15:15
Qashqadaryoda paxta hosili isrof bo`lmoqda (Foto)

Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani «Qashami» va «Denov» qishlog`ida ekilgan paxta hosili isrof bo`layapti.

Bu haqda «Nasafnews» telegram manziliga kelib tushgan ma`lumot va fotosuratlarga asoslanib xabar bermoqda.

Suratlar muallifining aytishicha, Mirishkor tumaniga eltuvchi markaziy yo`l chetida paxta tolalari sochilib ketgan.


Tumanda klaster usulida etishtirilgan xosilini  paxta terish mashinalari orqali terib olish  isrofgarchilikni yuzaga keltirmoqda.

Paxta mashinasi hosilni terish o`rniga yanchib tashlagan. Eng yomoni paxta tolalari tuproq bilan qorishib ketgan.

Ma`lumot uchun: sal avval Kasbi tumanida xorijiy korxona paxtani mashinada terib olishni boshlagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1