1

Farg`onada "yashil texnologiyalar" asosida osmono`par binolar quriladi

Jamiyat 20.11.2019, 17:01
Teglar: Farg`ona, Siti
Farg`onada "yashil texnologiyalar" asosida osmono`par binolar quriladi

Farg`onadagi dastlabki osmono`par binolar Namangandagi «Smart City»da quriladi

Shtab-kvartirasi Dubayda joylashgan «MJ Developers» xalqaro qurilishi kompaniyasi «Namangan Square» loyihasi ijrosiga kirishilganini rasman e`lon qildi. Vodiydagi birinchi «Smart City» ekanligi aytilayotgan mazkur shaharcha Namangan aeroporti yaqinidagi 18 gektar maydonda quriladi.  

Zamonaviy shaharcha mashhur hind arxitektori Xafiz Kontraktor tomonidan loyihalashtirilgan. U ilg`or «yashil texnologiya»larga urg`u bergani aytilmoqda. Ya`ni shaharchada ofis va turarjoylar, savdo majmualaridan tashqari, noyob landshaft dizaynga ega park, golf klubi barpo etiladi. Bunda gullar shahrining bog`dorchilikdagi qadimiy an`analaridan foydalanilar ekan.

«MJ Developers» ta`sischilaridan biri Antik Jalanning aytishicha, noyob dizayn va konstruksiyali 20 qavatli  qo`sh bino shaharchaning asosiy bezagiga aylanadi. Uning balandligi 100 metrdan oshadi.10 ming kishiga mo`ljallangan «Namangan Square»dagi zamonaviy uylar, asosan, to`qqiz qavatli bo`lib, ular 2021 yilda foydalanishga topshiriladi.

Kompaniya kelgusida Toshkent va Buxoro shaharlarida ham shunday yirik loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1