AsosiyJamiyat

Sirdaryo tuman hokimi nomidan soxta qaror chiqarildi

'Sirdaryo tuman hokimi nomidan soxta qaror chiqarildi'ning rasmi

Sirdaryoda tuman hokimi nomidan qalbaki qaror chiqarib bergan firibgarlar aniqlandi. Bu haqda darakchi.uz’ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro I.T.tuman hokimiyatida ishlovchi tanishlari orqali, tumandagi Yangi hayot mavzesi hududidan uy-joy qurish uchun er maydoni ajratib berish evaziga fuqarolar S.B.dan 6,8 mln. so`m, M.S.dan 18,5 mln. so`m, F.R.dan dastlab 15 mln. so`m keyinchalik 5 mln. so`m pul mablag`larini olgan.

Ushbu pul mablag`lari hisobidan 1000 AQSh dollarini 2018 yilning dekabr oyida Sirdaryo tumani Qishloq xo`jaligi bo`limi bosh mutaxassisi S.X.ga bergan. S.X. esa uy-joy qurish uchun er maydoniga tuman hokimining nomidan qalbaki qarorlarni chiqarib, I.T. orqali fuqarolarga bergan.

Biroq, I.T.ning qilmishidan chin ko`ngildan pushaymonligi haqidagi murojaati yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, S.X. bilan uchrashib, unga bergan qarorlari soxta ekanligini, fuqarolar pullarini talab qilayotganligini aytib, undan muqaddam bergan 1000 AQSh dollaridan 
500 AQSh dollarini qaytarib olgan vaqtida S.X. ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani Qishloq xo`jaligi bo`limi bosh mutaxassisi S.X. va fuqaro I.T.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Boshqa yangiliklar