1

Bosh hisobchining noqonuniy xatti-harakati davlatga 101 million so`mga tushdi

Jinoyat 21.11.2019, 17:00
Bosh hisobchining noqonuniy xatti-harakati davlatga 101 million so`mga tushdi

Majburiy ijro byurosi Farg`ona viloyati boshqarmasi va Byuroning Qo`shtepa tumani bo`limi tezkor xodimlari tomonidan Qo`shtepa tuman  elektr tarmoqlari korxonasida o`tkazilgan o`rganish davomida, tuman   ETKhisobchisi Yu.A. korxonada elektr hisobini yuritishda “Elektr hisob” rasmiy dasturida ishlash uchun unga ishonib topshirilgan elektron kalit “parol imzo” orqali kompyuter texnikasi vositalaridan foydalangan holda 2014 yil noyabr oyidan 2019 yil avgust oyiga qadarli turli vaqtlarda ETK iste`molchisi bo`lgan 16 ta yuridik korxonalarining elektr hisoblash koeffisientlariga g`arazli niyatlarda o`zgartirishlar kiritish orqali o`zganing mulkini rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilib, davlat manfaatlariga 504.577 kVt.soat yoki 101 mln. 589,4 ming so`m moddiy zarar etkazganligi aniqlandi.

Shuningdek, Farg`ona viloyat XETK  mutaxassislari tomonidan berilgan  26.09.2019 yildagi 7295-15-3-sonli qayta hisob-kitob xulosasiga ko`ra, korxona hisobchisi Yu.A. o`ziga biriktirilgan elektron kalit orqali 16 ta yuridik iste`molchilarning hisoblagichlariga foydalanayotgan elektr energiyasini hisobga olish uchun o`rnatilgan toktransformator koeffisentlarini 26 marotaba asossiz ravishda o`zgartirilganligi oqibatida, “Farg`ona XETK” AJ manfaatlariga 504.577 kVt.soat yoki ushbu harakat sodir etilgan davridagi davrlarga mutanosib ravishda 101.589.467 so`mlik elektr energiyasini iste`molchilarga hisob-kitob qilinmaganligi ko`rsatilgan.

Mazkur holatda Qo`shtepa tuman elektr tarmoqlari korxonasi hisobchisi Yu.A.ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1