Ma`lumki, kecha UFC’ning engil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov tantanali kutib olindi va ayni paytda u Toshkentda.
Bugun, 21 noyabr kuni soat 18:00da Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida UFC mutlaq chempioni Habib Nurmagomedov bilan talabalar uchrashuvi bo`lib o`tmoqda. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bildirdi.
Eslatib o`tamiz, Habib Nurmagomedov ishtirok etishi kutilayotgan marosim 22 noyabr, juma kuni soat 16:00 da Xalqaro forumlar saroyida tashkil etiladi.