AsosiyJamiyat

Toshkentning havosi eng ifloslangan tumanlari ma`lum qilindi

'Toshkentning havosi eng ifloslangan tumanlari ma`lum qilindi'ning rasmi

«O`zgidromet» direktori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Bahriddin Nishonov Toshkentning qaysi tumanlarida havo eng ifloslanganini ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, 2019 yilda poytaxning barcha tumanlaridan Yashnobod tumanida azot dioksidining me`yoridan eng ko`p – 2,5 barobar oshishi qayd qilingan. Bu ko`rsatkich bo`yicha Toshkentning havosi eng ifloslangan tumanlari qatorida Chilonzor va Mirobod tumanlari ham qayd qilib o`tilgan. 

Nishonovning ta`kidlashicha, Toshkentning havosi eng kam ifloslangan tumanlari Yakkasaroy va Qibray tumanlari hisoblanadi.

Avvalroq «O`zgidromet»da havoni qaysi moddalar ko`proq ifloslantirishi o`rganib chiqilgandi. Aniqlanishicha, bunday moddalarga asosan chang, uglerod oksidi, azot dioksidi, oltingugurt dioksidi va ammiak kiradi.  

 

Boshqa yangiliklar