1

Qashqadaryoda IIV xodimini "sevgilisi" bilan ushlab olganlar "shantaj"i sabab qiz o`zini osdi

Jinoyat 21.11.2019, 20:29
Qashqadaryoda IIV xodimini "sevgilisi" bilan ushlab olganlar "shantaj"i sabab qiz o`zini osdi

Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida bir ayolning o`zini o`zi o`ldirish darajasiga etkazish hamda shaxsiy hayot daxlsizligini buzgan shaxslarga sud hukmi o`qildi. Bu haqda JIB Kasbi tuman sudi raisi M.Ochilova "Jahon.uz"ga ma`lum qildi.

Ijarachi G.Sh. o`zining go`zalik salonini M.J.ga oyiga 300 ming so`m evaziga ijaraga beradi. 1 aprel kuni M.J.ning qizi Sh.R. IIB xodimi Z.R. bilan go`zallik salonida quchoqlashib turganida, ijarachi ikki qizi va kuyovi hamda jiyani T.S bn kirib keladi va jiyani T.Sga ularni telefon orqali video tasvirga olish haqida topshiriq beradi. Ularni videoga olib, qizdan “Meni Z.R. zo`rladi”, degan tilxat yozdirib oladi.

Shundan so`ng ijarachi G.Sh. IIB xodimi Z.R.dan O.T.ning mendan 10 mln so`m qarzi bor, o`shani olib berasan, deb talab qo`yadi.

Sh.R.ga esa agar ijara uchun oyiga 100 dollardan to`lamasang, video tasvirlarni namoyish qilaman deb tahdid qilgan.

3 aprel kuni video tasvir tarqalib ketishidan va shaxsiy hayoti to`g`risidagi ma`lumotlar oshkor bo`lishidan qo`rqib o`z joniga qasd kilgan Sh.R. salon shiftiga o`zini osib qo`yadi.

Ayolning o`zini o`zi o`ldirish darajasiga etkazishida aybdor deb topilgan G.Sh.ga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi, T.S.ga esa shaxsiy hayot daxlsizligini buzgani uchun 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1