1

Mast haydovchining Ichki ishlar vaziriga yozgan ochiq xatiga qanday javob berildi?

Jinoyat 21.11.2019, 20:52
Mast haydovchining Ichki ishlar vaziriga yozgan ochiq xatiga qanday javob berildi?

Internet tarmog`ida  Ichki ishlar Vaziri general-leytenant P.R.Bobojonovga fuqaro S.N.Yuldashev tomonidan “Hech kim avariya bo`lay deb yo`lga chiqmaydi” sarlavhali ochiq xat e`lon qilingan edi. 

Aslida holat qanday bo`lgan?  Qashqadaryo viloyati IIB quyidagicha izohladi. 

2019 yil 08 sentyabr kuni soat 14-30 larda fuqaro S.N.Yuldashev o`z boshqaruvidagi “Epika” rusumli, 01 T 606 KA davlat raqam belgili avtomashinasida Yakkabog` tumaniga to`yga kelgan. To`yda biroz spirtli ichimlik iste`mol qilib, “Shahrisabz-Qarshi”  yo`nalishining “Amir Temur” ko`chalari bilan kesishgan chorrahasigacha harakatlanib borib, ushbu chorrahadagi svetaforning qizil chirog`i ishorasida to`xtab turgan fuqaro E.Musaev boshqaruvida bo`lgan “Lasetti” rusumli, 70 R 351 NA davlat raqamli avtomashinani orqasidan urib, yo`l-transport hodisasi sodir etgan.  

YPX inspektorlari voqea joyiga borilganda hech kim yo`q bo`lgan.  Shundan so`ng Yakkabog` tumani “O`z” qishlog`i bo`ylab harakatlanishi davomida yo`l chetidagi avtoservis oldida texnik shikastlangan “Epika” va “Lasetti” rusumli transport vositalari  turganligini ko`rib oldiga borishgan. Shu vaqt “Epika” rusumli avtomashina harakatlanishni boshlagan. Avtomashinani to`xtatib, haydovchisi bilan suhbatlashish vaqtida undan spirtli ichimlik hidi kelib turganligi ma`lum bo`lgan.  Haydovchi o`zini 1953 yilda tug`ilgan S.Yuldashev ekanligini ma`lum qilgan.  “Lasetti” rusumli avtomashina haydovchisi “Epika” rusumli avtomashina haydovchisi bilan YTHdan so`ng kelishib olishganligini, biroq u ta`mirga yordam bermasdan qochib ketmoqchi bo`layotganligi, shu sababli o`rnatilgan tartibda chora ko`rishni so`raganidan so`ng, fuqaro S.N.Yuldashevni narkolog shifokor ko`rigidan o`tkazishganligini, unga “mastlik” tashxisi  qo`yilgach, ikkalla transport vositasi ham jarima maydoniga joylashtirilgan.  

Ushbu sodir etilgan yo`l-transport hodisasini YPX inspektorlari safdor  M.D va B.E. lar xolislar ishtirokida tegishli tartibda ko`zdan kechirib, qonun talablari doirasida prosessual tartibda rasmiylashtirishgan. Ushbu sodir etilgan yo`l-transport hodisasi natijasida har ikkala avtomashina haydovchilari va yo`lovchilar tan jarohati olishmagan.  

Sudga oid avtotexnika ekspertizasi mutaxassislari tomonidan berilgan xulosaga ko`ra “Epika” rusumli, 01 T 606 KA davlat raqamli avtomashina haydovchisi “Yo`l harakati qoidalari”ning 73-bandi talablari, ya`ni “haydovchi o`zidan oldinda harakatlanyotgan transport vositasi keskin tormoz berganida to`qnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani, shuningdek yo`l harakati xavfsizligini ta`minlaydigan oraliq masofani saqlashi kerak” degan qoidani buzganligi,  “Lasetti” rusumli avtomashina haydovchisi “Yo`l harakati qoidalari” talablariga amal qilib harakatlangani aniqlangan.

“Epika” rusumli transport vositasi jarima maydoniga joylashtirilgan vaqtda S.N.Yuldashev ichida bo`lgan qo`l soatini, yonida bo`lgan bo`lgan yo`lovchisi esa mobil telefonini olib ketishganligini, mashinani o`zlari kalit bilan qulflashganligini, S.N.Yuldashev jarima maydoniga borish vaqtida va narkolog ko`ridan o`tish vaqtida ichki ishlar xodimlarini xaqorat qilganligini, bu holatni ichki ishlar organlari xodimlari holatni o`zlarining mobil telefonida videotasvirga olishgan.

Ushbu holat Ma`muriy ishlar bo`yicha Yakkabog` tuman sudida ko`rilib,  huquqbuzar S.N.Yuldashevga bir yarim yilga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilib, 4 460 000 so`m jarima jazosi tayinlandi.      

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1