1

Bugundan yog`ingarchilik va sovuq havo boshlanadi

Jamiyat 22.11.2019, 09:22
Bugundan yog`ingarchilik va sovuq havo boshlanadi

 

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 22 noyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik bo`ladi (yomg`ir, qor yog`adi). G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`ladi (yomg`ir, qor yog`adi). Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, ba`zi joylarda 8 darajagacha sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi. Navoiy viloyati shimolida kechasi 10-15, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo`ladi.

ToshkentSamarqandJizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yog`ingarchilik bo`ladi (yomg`ir, qor yog`adi). Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`ladi (yomg`ir, qor yog`adi). Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

AndijonNamangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`ladi (yomg`ir, qor yog`adi). Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi. 

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, qor yog`adi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1