Firibgarlikda gumonlanuvchi kishi qidiruvga e`lon qilindi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.
Keltirilishicha, 2017 yil 26-sentyabr kuni Yashnobod tumanida 40 yoshli avtopark ishchisi Mirziyodilla M. 25 yoshli Javlon O.ga “Lasetti-Jentra” rusumli avtomobilni arzon narxda olib berishini va`da qilgan.
Buning uchun u Javlondan 85.000.000 so`m olib, va`dasida ham turmasdan, pullarni ham qaytarmasdan, Javlondan qochib yurgan.
Javlon O. ariza bilan ichki ishlar organlariga murojaat qildi. Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Mirziyodilla M. Qidiruvga e`lon qilindi.






