Ichki ishlar vazirligi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, soliq va sanitariya-epidemiologiya xizmatlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tadbirlar to`g`risida ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, 4.827 marotaba yo`naltirilgan reydlar va maqsadli tekshiruvlar natijasida, noqonuniy ravishda hayvonot dunyosi ob`ektlarini ovlagani uchun 57 nafar, baliq va baliq mahsulotlarini ovlagani uchun 247 nafar, daraxt kesganligi uchun 847 nafar, o`simlik dunyosi ob`ektlarini tergani uchun 252 nafar, taqiqlangan hududda o`qotar qurol bilan bo`lganligi uchun 29 nafar qonunbuzarlar ushlanib, ulardan 24 nafari jinoiy va 1.655 nafari ma`muriy javobgarlikka tortildi, 15 nafariga nisbatan jamoatchilik tomonidan choralar ko`rildi.
Brakonerlarga 487 mln. 177.289 so`m miqdorida jarima solinib, ulardan 48 dona o`qotar qurol, 732 metr taqiqlangan baliq ovlash anjomlari, 18 ta avtomototransport, 13 ta qayiq, 3.739 kg baliq va baliq mahsulotlari, 96 kg xayvon go`shti, 1.939 dona kesilgan daraxt va 42.767 dona terilgan o`simlik dunyosi ob`ektlari olib qo`yildi.
Bu haqda IIV Axborot xizmati tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.






