1

Samarqandda qo`lbola alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan sex faoliyati fosh etildi

Jinoyat 22.11.2019, 12:43
Samarqandda qo`lbola alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan sex faoliyati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.G. yashirin sex tashkil qilib, qo`lbola usulda tayyorlangan qalbaki aksiz markalar bilan elimlangan aroq mahsulotlarini boshqa fuqaroga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Tadbirda, F.G.ning yashirin sexidan qo`lbola usulda tayyorlangan iste`molchilarning hayoti va sog`lig`i talabiga javob bermaydigan 0,5 hajmli “TROYKA” “FILATOFF”, “MEDOVAYa” nomli va 34 dona 1,5 litr hajmli elim idishlardagi spirtli ichimliklar hamda “KONYaK” alkogol mahsulotlari va bir xil raqamli qalbaki aksiz markalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 176 va 186-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergovga harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1