Ertaga 23 noyabr kuni Samarqand shahrida “Invest in Samarkand” I xalqaro investisiya forumi va viloyat ishlab chiqaruvchilarining “Made in Samarkand” milliy ko`rgazmasi o`tkaziladi.
Shu munosabat bilan Samarqand shahar hokimi farmoyish qabul qildi.
Unga ko`ra 23 noyabr kuni soat 07:00 dan 19:00 ga qadar G-34 yo`lining Gulobod ko`chasidan Xo`ja Ahrori Valiy ko`chasi bilan kesishgan chorrahasigacha bo`lgan qismida transport vositalarining harakati cheklanadi.






