1

Sakkiz marta sudlangan ayol yana o`g`irlik sodir etdi (video

Jinoyat 22.11.2019, 15:16
Sakkiz marta sudlangan ayol yana o`g`irlik sodir etdi (video

«Sevimli» telekanalining «Zamon» axborot dasturida xabar berilishicha, Namanganda muqaddam sakkiz marta sudlangan ayol yosh qizlarning taqinchoqlarini o`g`irlab, yana bir bor jinoyat sodir etdi. 

35 yoshli Odina yosh qizlarning qulog`idagi zirakni o`g`rilash bilan shug`ullangan. Jurnalistlar sud oldidan u bilan suhbatlashishga muvaffaq bo`ldi.

«Qamalib kelganimdan keyin uydagilar qo`yishmadi, shu bilan ko`chada qolib ketdim. Uyim yo`qligidan, qiynalib ketganimdan shu ishlarni qildim. Bolam och qolsa, qarab turmayman-ku», — deydi sudlanuvchi.

Ta`kidlanishicha, ayol sobiq eridan bir nafar farzandi bilan ajrashgan, doimiy sargandorlikda yashagan, har gal qamoqdan chiqqach, bu yo`lga qaytib kirmayman deydi.

«Jinoyat ishlari bo`yicha Namangan shahar sudi tomonidan hozirgi kunga qadar 51 ayolga nisbatan 38 ta jinoyat ishi ko`rib chiqildi. Mazkur jinoyat ishlari tahlil qilinganida ularning orasida muqaddam sudlanganlar ham bor bo`lib, bunga sabab Xotin-qizlar qo`mitalari, mahallalar, probasiya guruhlari tomonidan ishlanmaganidir. Ayol sakkiz marotaba Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O`g`irlik) bilan sudlangan. Sinov muddati davrida Odina probasiya guruhiga yuborilgan. Biroq pasporti yo`qligi, bir necha bor hokimiyatga uchragani, ammo ular pasport olishga ham yordam bermaganligini, probasiya guruhlari tomonidan u ishga joylashtirilmagani ma`lum bo`ldi», — deydi Jinoyat ishlari bo`yicha Namangan shahar sudi sudyasi Sultonmurod Xolmaqsudov.

Odina Jinoyat kodeksining 169-modda 3-qismi «a» bandi bilan aybdor deb topilib, unga 5 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1