1

Toshkent shahar IIBB Mirobod tumanida sodir bo`lgan YTH haqida ma`lumot berdi

Jinoyat 22.11.2019, 17:42
Toshkent shahar IIBB Mirobod tumanida sodir bo`lgan YTH haqida ma`lumot berdi

“Voditeli Tashkenta - Drivers.uz” Telegram-kanalida Mirobod tumanida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasining bir necha suratlari nazarimizga tushdi. Ushbu fakt bo`yicha quyidagilarni ma`lum qilamiz:

2019 yil 21-noyabr kuni taxminan soat 12:30 da Shahrisabz va Istiqlol ko`chalari kesishmasida (mo`ljal: Vestminster universiteti) 70 yoshli Rofi P. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomobil 24 yoshli Jamoliddin M. boshqarib borgan “Lacetti-2” avtomobili bilan to`qnashgan.

YTHning taxminiy sababi: “Spark” avtomobili haydovchisi asosiy yo`ldan harakatlanib borgan “Lacetti-2” haydovchisiga yo`l bermagan.    

YTH natijasida “Spark” avtomobili haydovchisi tan jarohatlari olib tibbiy muassasaga etkazildi.

Hurmatli haydovchilar! Yo`llarda shoshib, sog`lig`ingizni xavf ostiga qo`ymang. Tezlikni doim mumkin bo`lgan chegarada ushlab turing. Yo`lning xavfli qismi hisoblangan chorrahalarni ehtiyotlik bilan kesib o`ting.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1