AsosiyJamiyat

Er uchastkasini olib qo`yishga zarurat tug`ilganda OAV ishtirokida ochiq muhokama o`tkaziladi

'Er uchastkasini olib qo`yishga zarurat tug`ilganda OAV ishtirokida ochiq muhokama o`tkaziladi'ning rasmi

Bugun Adliya vazirligi tomonidan “Qonunchilikdagi yangiliklar” nomli brifing va matbuot anjumani tashkil etildi. Dastlab soha mutaxassislari ishtirokida Hukumatning 2019 yil 16 noyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta`minlash hamda er uchastkalarini olib qo`yish va kompensasiya berish tartibini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 911-son qaroribo`yicha matbuot anjumani o`tkazildi.

Qaror bilan Er uchastkalari olib qo`yilishi va olib qo`yilayotgan er uchastkasida joylashgan ko`chmas mulk ob`ektlari mulkdorlariga kompensasiya berish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga ko`ra, Er uchastkasini olib qo`yishga zarurat tug`ilganda hokimlik yoki investor va mulkdorlar o`rtasidaOAV ishtirokida ochiq muhokama o`tkaziladi.

Hokimlik yoki investor tomonidan dastlabki hisob-kitoblar amalga oshiriladi, kompensasiya berish uchun etarli resurslar mavjudligi o`rganiladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, xalq deputatlari Kengashlari tomonidan er uchastkasi olib qo`yilishidagi foyda va xarajatlar o`rganib chiqiladi.

Resurslar etarli bo`lganida hamda foyda xarajatlardan ustun kelganda er uchastkasini olib qo`yish to`g`risidagi qaror Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, xalq deputatlari Kengashlari tomonidan qabul qilinadi.

 

    Boshqa yangiliklar