AsosiyJamiyat

Obuna uchun 250 000 so`mdan pul yig`ilayotganligi yolg`on bo`lib chiqdi

'Obuna uchun 250 000 so`mdan pul yig`ilayotganligi yolg`on bo`lib chiqdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Urganch tumanidagi 6-sonli maktabda tahsil olayotgan o`quvchilarning ota-onalari tomonidan har bir sinfdan obuna uchun 250 000 so`mdan pul yig`ilayotganligi to`g`risidagi xabar tarqaldi.

 Mazkur  ma`lumot  Xorazm  viloyati xalq ta`limi boshqarmasi ishchi   guruhi tomonidan   o`rganildi  va  o`rganish  natijasi  ma`lum   qilindi.  

Viloyat xalq ta`limi boshqarmasining 2019 yil 17 sentyabrdagi                 01/7-13-1359-sonli tavsiya xatida o`quvchi yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish, ularning dunyoqarashi va intellektual salohiyatini oshirishga bevosita xizmat qiluvchi bolalar va o`smirlar uchun chiqarilayotgan gazeta va jurnallarga ixtiyoriy ravishda obuna qilish tavsiya qilingan.  Tavsiya xati asosida umumta`lim maktablarida gazeta va jurnallarga obuna ishlari ixtiyoriy ravishda amalga oshirilmoqda.  

Ijtimoiy tarmoqlarda majburiy obuna bo`yicha tarqatilgan xabar bo`yicha Urganch tumanidagi 6-son umumta`lim maktabida  maktab  o`qituvchilari va o`quvchilari bilan alohida suhbat o`tkazildi. Suhbat davomida gazeta va jurnallarga  obuna bo`lish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilganligi va  ma`muriyat tomonidan hech qanday tazyiq o`tkazilmaganligi aniqlandi.  

Bu bo`yicha maktabda ota-onalari bilan yig`ilish o`tkazildi va maktabda gazeta va jurnallarga obuna bo`lish ixtiyoriyligi yana bir marta tushuntirildi.

 

    Boshqa yangiliklar