1

Mirobodda Spark va Lacetti to`qnashdi

Jamiyat 23.11.2019, 11:53
Mirobodda Spark va Lacetti to`qnashdi

“Voditeli Tashkenta - Drivers.uz” Telegram-kanalida Mirobod tumanida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasining bir nechta suratlar tarqatilgan edi. 

Ushbu voqea bo`yicha Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi quyidagilarni ma`lum qildi.

2019 yil 21-noyabr kuni taxminan soat 12:30 da Shahrisabz va Istiqlol ko`chalari kesishmasida (mo`ljal: Vestminster universiteti) 70 yoshli Rofi P. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomobil 24 yoshli Jamoliddin M. boshqarib borgan “Lacetti-2” avtomobili bilan to`qnashgan.

YTHning taxminiy sababi: “Spark” avtomobili haydovchisi asosiy yo`ldan harakatlanib borgan “Lacetti-2” haydovchisiga yo`l bermagan.    

YTH natijasida “Spark” avtomobili haydovchisi tan jarohatlari olib tibbiy muassasaga etkazildi.

Hurmatli haydovchilar! Yo`llarda shoshib, sog`lig`ingizni xavf ostiga qo`ymang. Tezlikni doim mumkin bo`lgan chegarada ushlab turing. Yo`lning xavfli qismi hisoblangan chorrahalarni ehtiyotlik bilan kesib o`ting.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1