1

Blogerning xabari sabab buzilgan avtobusda qolib ketgan 40 ga yaqin yo`lovchiga zudlik bilan yordam ko`rsatildi

Jamiyat 23.11.2019, 12:26
Blogerning xabari sabab buzilgan avtobusda qolib ketgan 40 ga yaqin yo`lovchiga zudlik bilan yordam ko`rsatildi

Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiev o`zining Telegram kanalida yozishicha, 22 noyabr kuni «Toshkent—Qorako`l» yo`nalishida qatnovchi avtobus Samarqand viloyatida buzilib qolgan va ancha vaqt o`tishiga qaramasdan yo`lovchilarga hech qanday yordam ko`rsatilmagan.

Blogerning xabari ostiga shunday izoh qoldirilgan:

«Assalomu alaykum, xayrli kech, mavzudan tashqari bitta iltimosim bor edi. O`zizga qanday bo`g`lanishni bilolmaganim uchun bu erga yozyapman. ‘Toshkent—Qorako`l’ yo`nalishidagi avtobus Samarqand viloyatida bugun soat 17:00 atrofida buzilib qoldi. Haydovchi yo`q, ketgan usta olib kelaman, deb haligacha daragi yo`q. MChSga tel qilindi, ammo hech kimdan xabar yo`q, qancha odamlar sovuqda qolib ketyapti kamiga yo`lovchilar tushlik ham qilishmagan»

Blogerning o`zi ham avtobusdagi yo`lovchilardan biri bilan gaplashgan (97) 280-01-02 raqam orqali.

«Haqiqatan, avtobus buzilib qolgan va ustalar kelishmagan. Avtobusda 40 nafarga yaqin yo`lovchilar bor. Sovuqda qolib ketishibdi. Avtobusning buzilib qolgan joyi taxminan Toshkentdan Kattaqo`rg`on tumaniga kiraverishga yaqin (‘Kattaqo`rg`on’ degan katta yozuvga etmasdan).

Mutasaddilar bilan bog`lanib, ushbu masalani tezda hal qilishga harakat qilamiz. Shu atrofdan o`tuvchilar yoki shu atrofda yashovchilar bo`lsa, sizlar ham yordam ko`rsasangiz yomon bo`lmasdi. Havo keskin sovib ketgan bir paytda tezroq chora ko`rilgani har tomonlama yaxshi», — deb yozadi Xushnudbek Xudoyberdiev.

Oradan biroz vaqt o`tgach, bloger Telegram kanali orqali Samarqand yo`lida buzilib qolgan avtobus masalasida tegishli mutasaddilar bilan bog`langani, zudlik bilan yordam berish choralarini ko`rish boshlangani haqida yozib qoldigan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1