1

O`zbekiston Mudofaa vazirligi tizimida qator o`zgarishlar amalga oshirildi

Jamiyat 23.11.2019, 21:19
O`zbekiston Mudofaa vazirligi tizimida  qator o`zgarishlar amalga oshirildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga ko`ra, O`zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo`yicha o`rinbosari general-mayor Ikramov Azizbek Isroilovich boshqa lavozimga tayinlangaligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

General-mayor Ikramov Azizbek Isroilovich Mudofaa vazirligi tizimidagi faoliyatini 2017 yilda boshlagan. Bunga qadar Ichki ishlar vazirligi tizimida xizmat qilgan.

Mudofaa vazirligi Toifalangan ob`ektlarni qo`riqlash qo`shinlari qo`mondonligi qo`mondoni polkovnik Qarshiev Hamdam Aliqulovich O`zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo`yicha o`rinbosari etib tayinlandi.

Mudofaa vazirligi Toifalangan ob`ektlarni qo`riqlash qo`shinlari qo`mondonligi qo`mondoni lavozimiga polkovnik Yaqubov Jur`at Omongeldievich tayinlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1