1

O`zbekiston jurnalistikasi og`ir judolikka uchradi

Jamiyat 23.11.2019, 21:28
Teglar: zilzila, O`zbekiston
O`zbekiston jurnalistikasi og`ir judolikka uchradi

Bugun, 23 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan jurnalist, o`zbek jurnalistikasining ko`zga ko`ringan vakillaridan biri Mahmud Sa`diy 80 yoshida vafot etdi.

Mahmud Sa`diy o`ziga xos maktab yaratgan tajribali ijodkor, iqtidorli munaqqid va ko`zga ko`ringan tarjimon edi. O`zbek adabiyotining eng dolzarb muammolari tahliliga bag`ishlangan ko`plab maqola va tadqiqotlari orasida uning adabiy-tanqidiy maqolalar va suhbatlarni o`z ichiga olgan “Teran tomirlar” kitobi alohida ajralib turadi. U O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari uchun “Tahrir san`ati” o`quv dasturini yaratdi.

“O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan jurnalist” unvoni hamda “O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 15 yil” ko`krak nishoni bilan mukofotlangan. Joriy yilda esa “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1