Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari Davlat xavsizligi xizmati vakillari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir davomida, kuzatuvga olingan fuqaro M.O`. boshqaruvidagi Neksiya belgilangan tartibda to`xtatilib, xolislar ishtirokida nazoratdan o`tkazildi.
Natijada, avtomashina yukxonasida bojxona rasmiylashtiruvidan o`tkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlari bo`lmagan, 30 xil turdagi umumiy qiymati 82,1 million so`mlik dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






