Uzautotrailer “KAMAZ” bilan hamkorlikda yangi yuk mashinalari yig`ish liniyasini ochadi, deya xabar beradi «O`zavtosanoat» matbuot xizmati.
26 noyabrda Samarqanddagi «UzAuto Trailer» zavodida KAMAZ avtomobillari shassisini yig`ish bo`yicha yangi liniyaning rasmiy ishga tushirilishi bo`lib o`tadi. Tantanali marosim Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanovning O`zbekistonga ishchi tashrifi doirasida o`tkaziladi.
«UzAutoTrailer» MChJ zavodida “KAMAZ” avtotransport vositalarini ishlab chiqarish 2017 yil dekabrida boshlangandi. Bugungi kunda zavodda yig`ilayotgan “KAMAZ” yuk mashinalari modellar qatori yuk ko`tarish qobiliyati 10 tonnadan 36 tonnagacha bo`lgan 18 turdan ziyod texnikani tashkil qiladi. Avtomobillar jihozlanadigan dvigatellar 240 ot kuchidan 400 ot kuchigacha quvvatga ega bo`lib, EVRO 3, EVRO 4 va EVRO 5 ekologik me`yorlariga javob beradi.






