AsosiyJamiyat

Farg`ona viloyat​i hokimi Shuxrat G`anievning ​maqolasi Xitoydagi yirik jurnalda chop etildi

'Farg`ona viloyat​i hokimi Shuxrat G`anievning ​maqolasi Xitoydagi yirik jurnalda chop etildi'ning rasmi

O`zA nashrining yozishicha, Xitoyning “China Investment” eng ommabop jurnallaridan biri o`zining 2019 yil 10 sonida Farg`ona viloyati hokimi Shuxrat G`anievning “Qisqa vaqt ichida, Xitoy kapitali ishtirokidagi kompaniyalar soni keskin ko`paydi”sarlavhali maqolasini chop etibdi.

Aytilishicha, maqolada dastlab viloyat haqidagi ma`lumot berilgan.

Shuningdek, Shuxrat G`aniev​: "Bilamizki, mushtarak hamkorlikdagi ravon va jadal rivojlanish sherik davlatlar uchun global muammolarni echishda istiqbolli yo`llarni ochishda katta rol o`ynaydi", - deb yozadi.

Maqolada diplomatik munosabatlarning samarali natijalari alohida tilga olinadi.

- Xususan, XXR dagi O`zbekiston Respublikasi elchixonasi ham yuqoridagi ishlarda katta hissasini qo`shib kelayotganiga men qat`iyan ishonamanki, buday qo`shma loyihalar ikki davlat o`rtasidagi savdo aloqalarini yanada mustahkamlaydi,-deydi viloyat hokimi.

So`zim oxirida aytmoqchimanki, men, bundan keyin Xitoy Xalq Respublikasi va O`zbekiston Respublikasi o`rtasidagi ikki tomonlama manfaatli hamkorlikning yanada kengayishiga ishonaman va buning uchun barcha kuchimizni sarflaymiz. Bunda XXR dagi O`zbekiston Respublikasi elchixonasi yordamiga tayanamiz, - deb yakunladi maqolani Farg`ona viloyat hokimi Shuhrat G`aniev.

 

    Boshqa yangiliklar