«Azatlik» nashri ma`lumotlariga ko`ra, ikki kundan beri Turkmaniston poytaxtidagi davlat do`konlariga hukumat tomonidan belgilangan narx bo`yicha non mahsuloti etkazib berilmayapti. Bu haqda regnum.ruga tayanib ma`lum qilinmoqda.
Shu sababli Ashxabod aholisi bozorlarda va xususiy do`konlarda non sotib olishga majbur bo`lyaptilar.
Mahalliy aholining ta`kidlashicha, ilgarilari ba`zi davlat savdo tashkilotlari rahbariyati nonni noqonuniy ravishda byudjet bahosida eksport qilib, qo`shimcha daromad qilishgan. Ammo so`nggi kunlarda bunday jarayonlar sezilmayapti.
Ashxabodda arzon non etishmasligining asosiy sababi, poytaxtdagi novvoyxonalarda uskunalarning ishlamay qolishi bo`lishi mumkin.