AsosiyJamiyat

Avtokorxona nazoratchisi mast holda YTH sodir etdi

'Avtokorxona nazoratchisi mast holda YTH sodir etdi'ning rasmi

Soat 20:40lar chamasida Namangan shaxar, Go`zal dahasi “Go`zal” tantanalar uyi oldida “Turon-95” mas`uliyati cheklangan jamiyatida xarakat xavfsizligi nazoratchisi lavozimida ishlovchi 1978 yilda tug`ilgan Raxmonov Doniyor Raxmonovich jamiyat ixtiyorida bo`lgan “Neksiya” rusumli 50 XAA davlat raqam belgili avtomashinasini spirtli ichimlik ichib boshqarib, yulni karama-karshi tomoniga chiqib ketib, qarshisidan xarakatlanib kelayotgan Vaz 2106 rusumli 50 O 056 NA davlat raqam belgili avtomashinasi bilan to`knashib, yul transport xodisasi sodir etgan. To`qnashuv natijasida Vaz 2106 rusumli 50 O 056 NA davlat rak;am belgili avtomashina salonida bo`lgan yo`lovchi Mutallieva Nasiba Kozimjanovna tan-jarohati olib shifoxonaga murojaat etgan, avtomashinalarga moddiy zarar etgan. Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar