Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, shu kecha-kunduzi Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab qor yog`ishi mumkin, tuman tushadi, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8, kunduzi 2-4 daraja sovuq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8, ba`zi joylarda 10-12 darajagacha sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq bilan 2 daraja iliq atrofidagi harorat kuzatiladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz qor yog`ishi mumkin, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8, ba`zi joylarda 10-12 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq bilan 3 daraja iliq atrofida bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz qor yog`ishi mumkin, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab qor yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushadi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo`ladi.






