AsosiyJamiyat

ETKning mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi ko`zg`atilganligi holati bo`yicha rasmiy ma`lumot yo`q

'ETKning mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi ko`zg`atilganligi holati bo`yicha rasmiy ma`lumot yo`q'ning rasmi

Joriy yilning 22 noyabr kuni OAVda “Qarshida 18 nafar fuqaroning elektr uchun to`lagan pullari boshqa shaxslar hisobiga o`tkazib yuborilgani aniqlandi” sarlavhali maqolalar e`lon qilindi. Ushbu holat yuzasidan “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni  ma`lum qiladi.

"Ma`lum bo`lishicha, MIBning Qarshi shahar bo`limi tomonidan “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJga yoki Qarshi shahar elektr ta`minoti korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi ko`zg`atilganligi holati yuzasidan shu kungacha hech qanday rasmiy ma`lumot kelib tushmagan.

Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida, “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Majburiy ijro byurosining hududiy bo`limi va Qarshi shahar prokuraturasiga mazkur holat yuzasidan so`rov yuborilganligini ma`lum qilamiz".

    Boshqa yangiliklar