Toshkent shahrida o`tgan sutka davomida 3 ta yong`in holati qayd etilgan bo`lib, insonlarni halok bo`lish va tan jarohati olish holatlari bo`lmadi.
Shulardan 24 noyabr kuni soat 08:20da, Yunusobod tumani, Qo`rg`on ko`chasi 8-uyning erto`lasi 8 kv.m. maydonida yongan. Yong`in o`chirish jangovar bo`linmalari chaqirilgan manzilga soat 08:24da etib borgan va ko`rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong`in soat 08:35da bartaraf etilgan.
Yong`in elektr simlani qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo`lgan, deb tahmin qilinmoqda. Yong`indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong`in joyiga 2 ta yong`in o`chirish texnikasi jalb qilingan.
Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob`ekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek fuqarolarimizni yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya etishlarini so`rab qoladi.






