1

SSV: Sariosiyodagi tibbiyot birlashmasidagi noqonuniy ishlar o`z tasdig`ini topmadi

Jamiyat 25.11.2019, 12:54
SSV: Sariosiyodagi tibbiyot birlashmasidagi noqonuniy ishlar o`z tasdig`ini topmadi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Surxondaryo viloyat Sariosiyo tuman tibbiyot birlashmasidagi noqonuniy ishlar va bosh shifokor N.Qodirovning qonunga zid harakatlari haqidagi material yuzasidan viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazildi va quyidagilar aniqlandi.

Tekshiruvlar jarayonida materialdagi aksariyat vajlar asossiz bo`lib chiqdi. Xususan, bolalar poliklinikasining 1-qavati uchun 100 million so`m hech qanday ish bajarmasdan o`zlashtirilgani haqidagi vaj o`z tasdig`ini topmadi. Chunki bolalar poliklinikasini ta`mirlash uchun hech kim bilan shartnoma tuzilmagan va ta`mirlash ishlari amalga oshirilmagan.

Bundan tashqari, murojaatchining bir qator shifokorlarni 1 stavkadan ortiq ishlayotganligi haqidagi vajlari ham noo`rin ekanligi ma`lum bo`ldi. Masalan, 63-qishloq oilaviy poliklinikasining umumiy amaliyot shifokori Nargiza Meliboevaga xizmat ko`rsatadigan aholi sonidan kelib chiqib, 1.5 stavka ish berilgan hamda tez yordam bo`limida vrachlar etishmasligini inobatga olib tungi navbatchi vrach sifatida ishlashiga ruxsat berilgan. Tursunoy Rahimova ham ushbu QOPda 1.25 stavkada umumiy amaliyot shifokori vazifasida ishlaydi. Bundan tashqari, tez yordam bo`limida vrach etishmasligi sababli tungi navbatchi vrach sifatida ishlashiga ruxsat berilgan. Bu erda noqonuniy holat aniqlanmadi. Chunki shifokorlarga navbatchilikdan tashqari 2 stavkagacha ish berish mumkin.

Materialda kasalxona ichki dorixonasi xarob holga kelgan, u faqat bosh shifokor va bosh provizorga xizmat qilgan, deya qayd etilgan. Holbuki, birlashmaning ichki dorixonasi 7 yildan buyon umuman faoliyat yuritmaydi.

Tuman tibbiyot birlashmasi tarkibidagi Sharg`un hududiy poliklinikasi ta`mirlangandan so`ng yangi jihozlar bilan ta`minlangan. Poliklinikaning yaroqli jihozlari 69-QOPga, Chorbog` QVPga, markaziy poliklinikaning bolalar bo`linmasiga berilgan. Boshqa ortib qolgan jihozlar hozirda xo`jalik bekasining hisobida saqlanmoqda.

Bosh shifokorning aybi bilan endokrinologiya bo`limi ochilmayapti, degan e`tiroz ham noto`g`ri. Chunki endokrinologiya bo`limi 2019 yil 9 noyabr kuni ishga tushgan. O`rganish kunida 20 nafar bemor davolanayotganligi aniqlandi.

Yashash va ish joyi noma`lum bo`lganligi tufayli murojaatchi bilan uchrashishning imkoni bo`lmadi, deya xabar beradi Surxondaryo viloyatisog`liqni saqlash boshqarmasi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1