1

Toshkent viloyati avtomobil yo`llari yoqasiga chiqindilar uchun maxsus idishlar hamda axborot yo`l belgisi o`rnatildi

Jamiyat 25.11.2019, 13:17
Toshkent viloyati avtomobil yo`llari yoqasiga chiqindilar uchun maxsus idishlar hamda axborot yo`l belgisi o`rnatildi

Toshkent viloyati hokimligi va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorligida Toshkent shahri va Bo`stonliq tumanlarini bog`lovchi 4R 12 Bektemir–Chorbog` avtomobil yo`llari yoqasiga tajriba tariqasi chiqindilar tashlash uchun 4 ta joy ajratilib, bu joylar maxsus idishlar bilan jihozlandi. 

Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, haydovchilarga chiqindi tashlash uchun joy borligi to`g`risida axborot berish maqsadida 6.15 «Chiqindi yig`ish» yo`l belgisi o`rnatildi.

Ma`lumot uchun, avtotransport vositalaridan axlat yoki boshqa narsalarni tashlash Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 123-moddasiga asosan huquqbuzarlik hisoblanadi va uni sodir etgan shaxs eng kam ish haqining beshdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima bilan jazolanadi.

Shuningdek, Davlat ekologiya qo`mitasi Avtomobil yo`llari davlat qo`mitasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Bektemir «Sharq» postidan Angren shahri orqali Qamchiq dovoning Namangan viloyati chegarasigacha bo`lgan A 373-a yo`lining chetlariga 17 ta joyga jami 34 ta 6.15 «Chiqindi yig`ish» va 17 ta 7.2.1 «Ta`sir oralig`i» yo`l belgilari hamda 25 ta chiqindi konteynerlarini o`rnatish ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1