1

Qashqadaryoda tashkil qilingan yoshlar konferensiyaga 100 mln so`m mablag` ajratildi

Jamiyat 25.11.2019, 13:25
Qashqadaryoda tashkil qilingan yoshlar konferensiyaga 100 mln so`m mablag` ajratildi

Qashqadaryo viloyatidagi bir guruh yoshlar  viloyat hokimi v.b Zoyir Mirzaevga “National Youth Conference in Kashkadarya 2019” Qashqadaryo viloyatida birinchi yoshlar konferensiyani  o`tkazish taklifi bilan chiqdi.

Viloyat hokimining shaxsan o`zi mazkur loyihani qo`llab-quvvatlab yoshlar uchun 100 million so`m mablag` ajratdi. Bu orqali Respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 200 nafarga yaqin yoshlarda yangi g`oyalar, intensiv dunyoqarash va rivojlangan mamlakatlardagi start-up loyihalar bilan tanishish hamda bajarish imkonini yaratdi.
 

Qashqadaryo viloyat hokimligi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi va Qarshi davlat universiteti bilan hamkorligida 22-24 noyabr` kunlari Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan «Lochin» oromgohida o`tkazilgan mazkur konferensiya 6 ta yo`nalish bo`yicha 4 tilda o`tkazildi.

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1