1

Milliy aviakompaniya uchuvchilar tayyorlash kurslariga qabul boshlanganini e`lon qildi

Jamiyat 25.11.2019, 13:43
Milliy aviakompaniya uchuvchilar tayyorlash kurslariga qabul boshlanganini e`lon qildi

“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasining o`quv-mashg`ulot Markazida2dekabrdan fuqarolar aviasiyasi uchuvchilarining dastlabki tayyorgarligi kurslarida o`qish uchun nomzodlardan hujjatlar qabul qilish boshlanadi.

Unga tugallangan texnik oliy ma`lumotga ega yoshi 27 ga to`lmagan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi. 

Agar nomzod chet el oliygohini tugallagan taqdirda, oliy ma`lumot haqidagi diplomning nostrifikasiya qilinganligi haqida guvohnomaga ega bo`lishi lozim. Shuningdek, 6.0 dan past bo`lmagan IELTSsertifikatiga ega, harbiy biletga ega va harbiy xizmatga yaroqli bo`lganlar qabul qilinadi.

Yuqorida keltirilgan shartlarning birortasiga rioya qilinmagan taqdirda hujjatlar qabul qilinmaydi, belgilangan talablardan chetlanishga yo`l qo`yilmaydi.

Hujjatlar qabul qilingach, nozmodlar tibbiy ko`rik, malakali psixolog qabuli va oliy matematika va fizikadan imtihonlardan o`tishadi.

ManzilQumariq ko`chasi, 120-uy. Mo`ljal: Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportidan Aviashaharcha tomon yo`nalishdagi jamoat transporti bekati.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1