Bandlik va mehnat munosabat i vazirligining aniqlanishicha, “Navoiy xususiy bandlik agentligi” MChJ mansabdor shaxslari xorijda ishga joylashish istagida agentlikka murojaat qilgan jami 211 nafar fuqaroni Janubiy Koreya Respublikasida malaka talab qilinmaydigan bo`sh ish o`rinlariga ishga yuborish, ularga 2 ming AQSh dollari miqdorida oylik ish haqi berilishiga ishontirib, firibgarlik yo`li bilan ularning har biridan 3 mln. so`mdan jami 633 mln. so`m olib, pul mablag`larini o`zlashtirgan va belgilangan muddatda fuqarolarni ishga yubormagan.






