AsosiyDunyo

2019 yilda Rossiya necha nafar o`zbekistonlikka fuqarolik bergani ma`lum qilindi

'2019 yilda Rossiya necha nafar o`zbekistonlikka fuqarolik bergani ma`lum qilindi'ning rasmi

2019 yilda 2018 yilga nisbatan 48 foizga ko`proq chet elliklar Rossiya fuqaroligini oldi, deb xabar berdi «Vechernyaya Moskva».

Qayd etilishicha, Rossiya federasiyasining yangi 285 ming fuqarosidan 146 ming nafari Ukraina fuqarolari, 35 ming nafari Qozog`iston, 30 ming nafari Tojikiston, 17 ming nafari Armaniston, 14 ming nafari O`zbekiston, 11,5 ming nafari Moldova fuqarolaridir.

Chet el fuqarolarining ko`pchiligi Rossiya pasportini Rostov viloyatida (71 ming), Moskva va Moskva viloyatida (mos ravishda 10 va 18 ming), Krasnodar o`lkasi, Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida (har biri 10 mingdan) olgan.

 

    Boshqa yangiliklar