AOKA direktori o`rinbosari Saida Mirziyoevaning turmush o`rtog`i Oybek Tursunov tug`ilgan kunini nishonladi. Saida Mirziyoeva o`z Instagram sahifasida 24 noyabr boshqacha kun ekanligini aytib, farzandlari bilan turmush o`rtog`i yoqtirgan taomni tayyorlayotganini yozib qoldirgan.
Shuningdek, O`zbekiston Prezidentining kenja kuyovi Otabek Umarov ham Oybek Tursunovni Instagram orqali tabrikladi.
«Bugun qadrdonim uchun o`zgacha kun. Tavallud ayyomingiz bilan akajon! Doimo birga bo`laylik!», — deb yozadi Otabek Umarov.