Bugun, 25 noyabr kuni ikki yuzga yaqin odam Qirg`iziston poytaxti Ala-Too markaziy maydonida korrupsiyaga qarshi mitingga yig`ildi. Bu haqda xorij OAVga asoslanib O`zA xabar berdi.
TASSning Bishkek polisiyasiga asoslanib, ma`lum qilishicha miting ishtirokchilari davlat rahbari va milliy parlament joylashgan bino yonida jonli zanjir hosil qilgan.
“Bizdagi ma`lumotlarga ko`ra, miting tashkilotchilari uning ishtirokchilarini tadbirni tugatishga chaqirgan, ammo hamma tarqalishni xohlamagan, ba`zilari Oq uy (parlament binosi va prezident apparati) yaqinida jonli zanjir uyushtirishga harakat qilishdi“, - degan agentlik suhbatdoshi.
Ma`lumotlarga ko`ra, mitingda jami 400 kishi ishtirok etgan. Keyinchalik, Ala-Too maydonidagi odamlar soni taxminan 100 kishiga qisqargan.
Qirg`iziston poytaxtida bir qator jamoat tashkilotlari tashabbusi bilan tashkil etilgan miting ishtirokchilari hukumat rasmiylaridan mamlakat bojxona organlaridagi korrupsiya bo`yicha tergov o`tkazishni va aybdorlarni jazolashni talab qildi. Bunga “Ozodlik“ radiostansiyasi jurnalistlari tomonidan o`tkazilgan surishtiruv sabab bo`lib, unda mamlakat bojxona xodimlari ishidagi korrupsiya sxemalari ma`lum qilingan.
Bishkekning markaziy maydonidagi korrupsiyaga qarshi miting hukumat bilan kelishilmagan bo`lsa-da, huquq-tartibot idoralari xodimlari namoyishchilarni tarqatib yubormagan. Qirg`iziston Xavfsizlik kengashi kotibi Damir Saginbaev bugun Bishkekda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida qirg`iz rasmiylari korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishdan manfaatdorligi va huquq-tartibot idoralari “Ozodlik” tomonidan o`tkazilgan jurnalistik surishtiruv natijalari bo`yicha faktlarni o`rganishga kirishganligini ma`lum qilgan.






