2019 yil 24 noyabr kuni taxminan soat 11:30 larda fuqaro 24 yoshli O.A. boshqaruvidagi «ISUZU» rusumli yuk avtomashinasi bilan Buxoro shahar Do`stlik ko`chasidan o`tuvchi A-380 avtomobil yo`lining 218 km.dan Gazlishoh ko`chasidagi aylanma yo`l tomonga harakatlanib yo`l-transport hodisasi sodir qilgan.
U piyodalar o`tish joyidan harakat yo`nalishi bo`yicha yo`lning chap tomonidan o`ng tomoniga kesib o`tayotgan piyoda 51 yoshli T.B. va uning turmush o`rtog`i 49 yoshli Yu.Yo.larni avtomashinaning old tomoni bilan urib yuborgan.
Oqibatda T.B. hodisa joyida va Yu.Yo. esa RShTYoIM Buxoro filialida ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 24 noyabr kuni Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan fuqaro O.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o`limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.






