AsosiyJamiyat

Maktab o`quvchisi hammomda telefon “zaryadka”sidan tok urib, vafot etdi

'Maktab o`quvchisi hammomda telefon “zaryadka”sidan tok urib, vafot etdi'ning rasmi

Yoqutistonning Lensk shahridagi 14 yoshli maktab o`quvchisi hammomda qo`l telefonini quvvatlash vaqtida vafot etdi. Bu haqda "Interfaks" xabar berdi.

Mutaxassislarning ma`lumot berishicha, qizni yuqori darajada tok urgan. U hammomdaligida telefonini “rozetka”ga ulangan “udlinitel” orqali quvvatlashga qo`ygan chog`ida tok urib vafot etgan.  

“Qizning kuyib ketgan jasadi va telefon hammom chetida yotardi”, deyiladi xabarda.  

Ayni vaqtda huquq-tartibot organlari qizning vafoti yuzasidan tergov-surishtiruv ishlarini olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar