Yashnobodda tadbirkorlarni chuv tushirgan “Insofsiz tadbirkor”ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda darakchi.uz’ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqiy himoyasini ta`minlash yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “R.” MChJ rahbari J.U. internet tarmog`idagi “OLX” e`lonlar platformasida zamonaviy setka (evro zabor) etkazib berish bo`yicha xizmat taklif qiladi.
Unga aloqaga chiqqan tadbirkorlarning ishonchiga kirib, o`zaro og`zaki kelishuv va shartnomalarni tuzadi. Aniqlanishicha, odamlarning jami 3 000 AQSh dollari va 51,8 mln. so`m pullarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib, o`zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan “R.” MChJ rahbari J.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
19.10.2021, 09:20
"Halqchil yondashuv"ning navbatdagi mehmoni tadbirkor Murod G`ofurov bo`ldi.U shu vaqtgacha biznes sohasida boshdan kechirgan og`ir qiyinchiliklari haqida so`zlab berdi. Murod G`ofurovning aytishicha, ayni kunda tadbirkorning...27.09.2021, 12:37
Toshkentda 2,5 mlrd so`mlik ish hajmi olib berish uchun tadbirkordan qariyb 12 000 dollar talab qilgan MChJ rahbari ushlandi.Bosh prokuratura huzuridagi Departament bu haqda ma`lumot berdi.Qayd...23.09.2021, 12:09
Tadbirkordan 40 mln so`m undirmoqchi bo`lgan nazoratchi qo`lga tushdi.Bosh prokuratura huzuridagi Departament buni ma`lum qildi. DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan...25.08.2021, 17:10
Tarixiy voqea sifatida baholanayotgan Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti arafasida 35 nafar to`qimachilik sanoati vakillariga Prezident nomidan tashakkurnomalar taqdim etilgan edi.Bu e`tiborga javoban bugun...