Ichki ishlar organlariga kelib tushgan xabarga ko`ra ma`lum bo`lishicha, joriy yilning may oyida Shayxontoxur tumanida 49 yoshli Janpo`lat Sh. tanishi bo`lgan 51 yoshli Tolip U.ga 3 ta “Kobalt” rusumli avtomobillarni rasmiylashtirib berishni va`da qilgan.
Buning uchun u Tolipdan 23 500 AQSh dollari olgan. Ammo u va`dasida turmasdan, pullarni o`z ehtiyojiga sarflab yuboradi.
Ayni paytda ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi






