AQShning O`zbekistondagi elchixonasi viza olmoqchi bo`lgan fuqarolarga ayrim muhim ma`lumotlarni eslatib o`tdi.
«AQSh vizasiga to`lanadigan ma`muriy to`lov faqatgina AQSh dollarida qaytim talab qilmaydigan kupyuralarda qabul qilinadi.
Elchixona AQSh dollarining holati bo`yicha qat`iy talablar o`rnatgan. Kir, zarar etkazilgan, yirtilgan, chizilgan, muhrlangan va 1997 yildan avval muomalaga chiqarilgan kupyuralarni to`lov uchun qabul qilmaydi.
To`lov talablariga rioya qilmagan murojaatchilar suhbatga kiritilmasligi mumkin va keyingi kunga takroran suhbatga yozilishlari kerak bo`ladi», — deyiladi xabarda.