AsosiySport

Rasman: Habib Nurmagomedovning keyingi jangi sanasi va raqibi ma`lum bo`ldi

'Rasman: Habib Nurmagomedovning keyingi jangi sanasi va raqibi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

 

Engil (-70,3 kg) vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov (28-0, 18 KO) 2020 yil 18 aprel kuni o`zining navbatdagi jangini o`tkazadi. Bu haqda GoSport.uz muxbiri sportchining menejeri Ali Abdulazizga tayanib xabar bergan.

Abdulaziz ma`lumotlariga ko`ra, Nurmagomedov Fergyusonga qarshi jangga shartnomani imzoladi. “Chempion Toni Fergyusonga (25-3, 20 KO) qarshi jangga kelishuvini imzoladi. Burgut 18 aprelda Bruklinga qo`nadi. Bu barchasi muxlislar uchun”, deb yozgan sportchining menejeri va shartnomaning suratini ilova qilgan.

Biroq, ta`kidlanishicha, Fergyuson hozircha jangga shartnomani imzolamagan, biroq uning tomoni Bruklinda musobaqa o`tkazilishiga qiziqish bildirmoqda.

Bu Fergyuson va Nurmagomedov o`rtasida jang tashkillashtirishga 5-urinishdir. Ikki sportchi dastlab 2015 yil dekabrda uchrashishi kerak edi, biroq Xabib jarohati tufayli jang o`tkaza olmagan. Shundan keyin jang 2016 yil aprelga ko`chirilgan, biroq bu safar amerikalik sog`lig`idagi muammolar sababli oktagonga chiqa olmagan. 2017 yilda esa Nurmagomedov vazn tashlashda yuzaga kelgan muammolar sababli shifoxonaga tushgan, 2018 yilda Fergyuson tizzasidan jarohat olib, yana jangga chiqa olmagan.

Boshqa yangiliklar