28

Qirg`izistonda yana namoyishlar: Qo`shnilarimiz nimadan norozi?

Dunyo 27.11.2019, 13:27
1155
Qirg`izistonda yana namoyishlar: Qo`shnilarimiz nimadan norozi?

25-noyabr dushanba kuni yuzlab odamlar Qirg`iziston hukumati binosi oldida namoyish o`tkazdilar. Sobiq yuqori martabali mulozimlar 700 million dollarga yaqin pulni noqonuniy ravishda o`zlashtirganligi haqidagi xabarlardan so`ng aholi OAVda tekshiruv o`tkazilishini talab qilmoqda.  Ba`zi namoyishchilar «Pulimizni qaytaring» va «Qirg`iziston qashshoqlashgani yo`q,  Qirg`izistonni talashmoqda» deb yozilgan plakatlarni ko`rsatishgan.

Shu oyda e`lon qilingan bir nechta mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalarining tergov hisobotida aytilishicha,  uyushgan guruh bir necha yillardan beri Xitoy tovarlarini Qirg`izistonga noqonuniy ravishda olib kirgan va keyin o`z daromadlarini mamlakatdan tashqariga olib chiqib ketgan.  Qirg`iziston hukumati bu ayblovlar tekshirilayotganini ma`lum qildi.

Moskvaning yaqin ittifoqchisi bo`lgan va Rossiya harbiy aviabazasi joylashgan Qirg`iziston Markaziy Osiyodagi siyosiy jihatdan eng notinch mamlakat bo`lib, bu mamlakatda 2005 va 2010-yillarda ikki qirg`iz prezidentini hukumatdan ag`darib tashlagan  isyonlar bo`lib o`tgan.

Шарҳлар