Kuchli yomg`irdan keyin 40 dan ortiq odam halok bo`ldi

Dunyo 27.11.2019, 14:24
Kuchli yomg`irdan keyin 40 dan ortiq odam halok bo`ldi

Kecha tunda Kongo Demokratik Republikasi poytaxti Kinshasa shahrida kuchli yomg`ir yog`di va bu er ko`chkilariga olib keldi. Oqibatida qirq kishi halok bo`ldi,  ba`zi odamlar ko`chkilar ostida qoldi.

“Lemba va Ngaba tumanlarini bog`laydigan ko`prik qulab tushdi,  Kisenso tumanida esa yana bir ko`prik vayron bo`ldi”,  deya xabar berdi Kinshasa shahri hokimi o`rinbosari Neron Mbungu. “300 dan ortiq uy suv ostida qoldi. Yana ko`plab uylar vayron bo`lgan”, deydi Lemba tumani mayori Jin Nsaka.

Kinshasada halokatli toshqin va yomg`irlar tez-tezbo`lib turadi. O`tgan yilning yanvar oyida kuchli yomg`irdan keyin bo`lgan ko`chki va toshqinlarda 50 ga yaqin odam  halok bo`lgan edi. Afrikaning uchinchi yirik shahri Kinshasa 10 millionga yaqin aholiga ega va ularning aksariyati omonat uylarda yashaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1