AsosiyJamiyat

1 yanvar: Iste`molchilardan suv qarzdorligini undirish MIBdan yangi tashkilotga o`tkaziladi

'1 yanvar: Iste`molchilardan suv qarzdorligini undirish MIBdan yangi tashkilotga o`tkaziladi'ning rasmi

 

“Aholining ichimlik suvi bilan ta`minlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun O`zbekiston Respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, xavfsizligi va sifatini ta`minlashni muvofiqlashtirish sohasida vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Shu munosabat bilan vazirlik zimmasiga bir qator qo`shimcha vazifalar yuklandi.

Jumladan, vazirlik suv balansining yagona axborot tizimini yaratgan holda Yagona davlat suv fondi suvlarining miqdoriy va sifat ko`rsatkichlari to`g`risida ma`lumotlarni to`plash, umumlashtirish va tizimlashtirish orqali respublikaning yagona suv balansini shakllantirishni tashkil etadi.

Vazirlikning markaziy apparati tarkibiga Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, xavfsizligi va sifatini ta`minlash kabi masalalarga mas`ul bo`lgan vazirning birinchi o`rinbosari lavozimi kiritildi.

Vazirlik markaziy apparati tarkibida quyidagilar tuzildi: 

* Yagona suv balansini shakllantirish va monitoring qilish bosh boshqarmasi; 

* Yagona davlat suv fondi suvlarining xavfsizligi va sifatini ta`minlash boshqarmasi; 

* Suv ta`minoti va suv chiqarish tizimlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi. 

Farmonga ko`ra, “O`zsuvta`minot” aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.

2020 yil 1 yanvardan Majburiy ijro byurosining ko`rsatilayotgan suv ta`minoti va suv chiqarish xizmatlari uchun to`lovlarning to`liqligi va o`z vaqtida amalga oshirilishini ta`minlash, iste`molchilarning qarzdorligini kamaytirish bo`yicha funksiyalari “O`zsuvta`minot” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga o`tkaziladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar