AsosiyJamiyat

MIB: 1 ish kuni ichida ijro ishi qo`zg`atilishi yo`lga qo`yildi

'MIB: 1 ish kuni ichida ijro ishi qo`zg`atilishi yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Oliy sud mas`ul xodimlari ishtirokida joriy yilning 12 mart kungi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-4236-sonli Qarori mazmuni va unda nazarda tutilgan yangiliklar yuzasidan brifing tashkil etildi... 

MIB faoliyatida duch kelinayotgan kamchiliklar yuzasidan tahririyatimizga kelib tushayotgan ko`p sonli murojaatlardagi e`tirozli savollarga Byuro direktori o`rinbosari Shavkat XAYDAROV va Byuro markaziy apparati mas`ul xodimlaridan javob olishga urindik...

— Muqaddam ijro ishi 3 kun ichida qo`zg`atilardi, yangi qarorda bu jarayonga o`zgartirishlar kiritildimi? 

Shavkat Xaydarov, Byuro direktori o`rinbosari: — “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-4236-sonli Qaror bilan joriyning 1 aprelidan boshlab, sud hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga mediasiya instituti joriy etildi. Bu institut sud qarorlari bo`yicha tomonlarning mediator orqali o`zaro kelishish, masalani ixtiyoriy rozilik asosida hal qilish imkonini bermoqda. Shuningdek, Qaror bilan 1 iyundan boshlab, ijro ishi yuritishni qo`zg`atish ijro hujjati kelib tushgan vaqtdan boshlab, 1 ish kuni ichida ijro ishi qo`zg`atilishi yo`lga qo`yildi.

— Odatda undiruvchilar ijro harakatlarining qayta-qayta kechiktirilishidan norozi bo`lishadi. Bu borada ham undiruvchi foydasiga o`zgarishlar kiritildimi? 

— Yana bir jihat – ijro harakatlari ko`pi bilan 2 marta kechiktirilishi mumkin. Oldinlari necha marta kechiktirilishi mumkinligi qonunchilikda ko`rsatilmagan edi. Bu ijro hujjatlarining ko`p bora to`xtalib, undiruvchi tomonlarning noroziligiga sabab bo`lardi.

Endilikda, ijro harakatlarini bajarishda yuzaga kelgan masalalarni tushuntirish uchun davlat ijrochisi tomonidan tayinlangan mutaxassis ijrochining qarori bilan tanishgan kundan boshlab, 15 ish kuni ichida yozma xulosa taqdim etishi qat`iy belgilangan.

 

Sadoqat ALLABERGANOVA

    Boshqa yangiliklar