AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga 2 kunlik tashrifi yakuniga yetdi

Tashrif doirasida hamkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi.

'Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga 2 kunlik tashrifi yakuniga yetdi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Davlatimiz rahbari 2 iyul kuni Boku shahrida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi.

Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari hamda amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Tashrif doirasida hamkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi.

Yetakchilar Boku shahrida birgalikda "O‘zbekiston" bog‘iga asos soldilar va O‘zbekiston elchixonasining yangi binosini ochdilar, "Sea Breeze" dam olish maskani faoliyati bilan tanishdilar.

3 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon Prezidenti hamrohligida Xonkendi shahridagi qo‘shma tikuvchilik fabrikasi faoliyati hamda Ag‘dam shahridagi "Imorat" tarixiy-me’moriy majmuasi bilan tanishdi.

Bugun davlatimiz rahbari Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitida ishtirok etib, sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi va qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Sammit doirasida Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif va Afg‘oniston Bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mulla Abdul G‘ani Barodar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi. Fuzuliy xalqaro aeroportida Prezidentimizni Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Karimli va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sergio Gore Amerika-O'zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi hamraisi bo'ldi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 11:05

    Sergio Gore Amerika-O'zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi hamraisi bo'ldi

    O‘zbekiston tomondan Saida Mirziyoyeva usbu kengashga rahbarlik qiladi.

    'O'zbekiston Xitoydan salmoqli 15 milliard dollarlik investitsiya o'zlashtirdi'ning rasmi

    Siyosat 21.11.2025 17:24

    O'zbekiston Xitoydan salmoqli 15 milliard dollarlik investitsiya o'zlashtirdi

    Ushbu ma'lumot davlat rahbarining matbuot xizmati tomonidan ochiqlandi.

    'Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi'ning rasmi

    Siyosat 21.11.2025 11:42

    Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

    Toshkent shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Tashqi ishlar vaziri Van I janoblarni qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi.

    'Nyu-York meri O'zbekistonga keldi'ning rasmi

    Siyosat 20.11.2025 08:13

    Nyu-York meri O'zbekistonga keldi

    Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

    '"Aholini kreditga majburlayapti". Mirziyoyev ikki hokimni nima uchun ishdan olganini aytdi'ning rasmi

    Siyosat 19.11.2025 20:20

    "Aholini kreditga majburlayapti". Mirziyoyev ikki hokimni nima uchun ishdan olganini aytdi

    Prezident Mirziyoyev Denov va Chiroqchi tumanlari hokimlari aholiga tayyor loyiha o‘rniga majburiy kredit o‘tkazayotgani va ishlarni nazoratsiz qoldirgani uchun ishdan olinganini ta’kidladi.

    'Shahnaza Mirziyoyeva yangi vazifa yuklatildi'ning rasmi

    Siyosat 19.11.2025 18:26

    Shahnaza Mirziyoyeva yangi vazifa yuklatildi

    Inklyuziv bandlikni kuchaytirish va qashshoqlikka qaytish xavfi yuqori boʻlgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha nazorat Shahnoza Mirziyoyevga topshirildi.